Prezident avtomobilsozlik sohasiga oid muhim qarorni imzoladi
Jamiyat
−
18 iyul 2019
7405O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik sanoatini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, 2019-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi:
• yengil mashina ishlab chiqarish hajmining 350 ming donaga oshishi;
• Yengil avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini o‘rtacha 60 foizga yetkazish;
• yuk va avtobuslar ishlab chiqarishni 10 ming donagacha oshirish;
• avtomobillarning yillik eksport hajmini 100 ming donaga yetkazish;
• korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shuningdek, ERP avtomatlashtirilgan hisob-kitob tizimini joriy etish;
• avtomobillarning modellarini yangilash, shu jumladan aholining keng qatlamiga qulay bo‘lgan yengil avtomobillarning yangi zamonaviy modelini ishlab chiqarish;
• “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga kiruvchi kamida ikkita aksionerlik jamiyatlari aksiyalari uchun ichki va xalqaro fond bozorlarida dastlabki ommaviy murojaat (IPO) orqali investorlarni jalb qilish.
LiveBarchasi