OAV: Putin xastalik sabab iste’foga chiqadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kelasi yili iste’foga chiqishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, Vladimir Putin Parkinson kasalligiga chalingan.

Moskvalik siyosatchi Valeriy Soloveyning “The Sun” nashriga ma’lum qilishicha, Putinning 37 yoshli ma’shuqasi Alina Kabayeva va ikki qizi uni iste’foga chiqishga undayapti.

“Oilasi bor, ular unga katta ta’sir o‘tkaza oladi. Putin hokimiyatni topshirish rejasini yanvarda e’lon qilmoqchi”, degan Solovey.

Solovey Putin Parkinson kasalligiga chalinganini taxmin qilgan. Negaki Prezidentda shu xastalik alomatlari ko‘ringan.

So‘nggi yig‘ilishlardagi kadrlarga qaraganda, Putin yengil bezovtalik holatida bo‘lgan: oyoqlarini doimiy qimirlatib, stoldagi qog‘ozlarni bema’ni tarzda saralagan.

Kadrlar sinchiklab tekshirilganda, Putin choy solingan finjonni ushlaganda barmoqlari titragani ko‘ringan. Nashr finjonda dori bo‘lganini taxmin qilyapti.

Putinning ketishi haqidagi mish-mishlar tarqalishiga Prezident taklif qilgan qonun ham sabab bo‘lgan. Yaqinda RF rahbari sobiq Prezidentlarga umrbod senator bo‘lish huquqini berish to‘g‘risidagi qonunni Davlat Dumasiga kiritgandi. U qabul qilinsa, sobiq Prezident o‘ziga beriladigan barcha imtiyozlarni saqlab qolgan holda bir umrga Federatsiyalar kengashi (parlamentning yuqori palatasi) a’zosi bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Parkinson

Baholaganlar

3311

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing