OAV: Oq uy TikTok blogerlaridan gaz narxining oshishida Putinni ayblashni so‘radi

Olam

image

Oq uy rasmiylari mashhur TikTok blogerlaridan Amerika Qo‘shma Shtatlarida yoqilg‘i narxi oshishida Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni ayblashni so‘radi. Bu haqda “Fox Business” Oq uy rasmiylari va ijtimoiy tarmoq yulduzlari o‘rtasidagi uchrashuv natijalariga tayanib, ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 11 mart kuni Oq uyda 30 nafar mashhur TikTok yulduzlari uchun Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha brifing o‘tkazilgan. Brifingda ishtirok etgan Jen Psaki mamlakatdagi inflyatsiyaning sabablari sifatida Ukrainadagi voqealardan oldin boshlangan ta’minot muammolari, pandemiya va energiya narxining oshishini aytgan. Yoqilg‘ining qimmatlashishiga sabab qilib, Vladimir Putinni ko‘rsatgan.

Nashr isbot sifatida 18 yoshli bloger Yelli Zaylerning uchrashuvdan so‘ng joylagan videosini misol qilib keltirgan. U videoda mamlakatda benzin narxining oshayotganiga Rossiya Prezidentini ayblagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 mart kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayden Vashington Rossiyadan barcha turdagi energiya importiga taqiq qo‘yishini ma’lum qildi. AQSH Kongressining Vakillar palatasi 9 mart kuni Rossiyadan energiya resurslari importini taqiqlash va AQSH rasmiylari tomonidan Rossiyaning Jahon savdo tashkilotidagi (JST) ishtirokini to‘xtatish bo‘yicha choralar ko‘rish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. 

Shuningdek, 8 mart kuni dunyoning eng yirik neft va gaz kompaniyalaridan biri Shell Rossiya neft va gazidan foydalanishni bosqichma-bosqich to‘xtatayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

152

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing