Mojaroli intervyudan so‘ng shahzoda Garri otasi va akasi bilan muloqot qilgan – OAV
Olam
−
17 mart 2021
3198Buyuk Britaniya shahzodasi Garri amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri bilan suhbatdan so‘ng otasi shahzoda Charlz va akasi shahzoda Uilyam bilan gaplashgan. Bu haqda "CBS News" tomonidan xabar berilgan.
Ushbu suhbat haqida shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Markl jurnalist Geyl Kingga gapirib bergan.
Juftlikka ko‘ra, suhbat "samarasiz" bo‘lgan. Biroq, er-xotin qirol oilasi bilan muloqot boshlanganidan xursand bo‘lishganini yashirishmagan.
Shu bilan birga, Megan Marklning o‘zi hali qirol oilasi bilan aloqada bo‘lmagani ta’kidlangan.
Avvalroq, Opra Uinfri bilan suhbatdan so‘ng shahzoda Garri va uning rafiqasi Megan Marklning reytingi rekord darajada tushib ketgani haqida xabar berilgandi.
Uels shahzodasi Charlzning kenja o‘g‘li Garri 2017 yil noyabr oyida amerikalik ajrashgan aktrisa Megan Markl bilan unashtirilgan. Ularning to‘yi 2018 yil 19 may kuni Vindzorda bo‘lib o‘tdi. Bir yil o‘tgach, ular Archi ismli o‘g‘il ko‘rdi.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi.