OAV: Mirziyoyev Tojikistonga tashrif buyuradi
Jamiyat
−
13 aprel 2021
6150O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan joriy yilning 10-12 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Dushanbeda bo‘ladi. Bu haqda "Aziya-Plyus" nashri Tojikiston Hukumatidagi manbasiga asoslanib xabar bergan.
Ikki davlat rahbarlari tojik-o‘zbek munosabatlarining barcha sohalardagi istiqbollarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, ilgari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasidagi ishlar ham tahlil qilinadi.
O‘zbekiston rahbarining Tojikistonga tashrifi yakunlari bo‘yicha Dushanbe va Toshkent o‘rtasida transport, energetika, savdo, moliya, qishloq xo‘jaligi, madaniyat va fan sohalarida yangi shartnomalar to‘plami imzolanishi rejalashtirilgan.
Dushanbega tashrif doirasida ikki davlat san’at ustalarining qo‘shma konserti – "Shomi Do‘sti" (Do‘stlik oqshomi) ham bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev 2018 yil mart oyida, keyin 2018 yil sentyabr oyining oxirida (MDH Davlat rahbarlari kengashining Dushanbedagi yig‘ilishida qatnashgan), so‘ng 2019 yil 14 iyunda (Osiyoda o‘zaro hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha konferensiyaning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun) Tojikistonga davlat tashrifi bilan borgan edi.