OAV: Xitoy Hindiston va Pokistonni yarashtirib qo‘ymoqchi
Olam
−
11 mart 2019
6894Xitoy Hindiston va Pokiston munosabatlarining izga tushishi uchun vositachi bo‘ladi. Bu haqda “Global Times” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Xitoy uchrashuvlarda u yoki bu tomonning tarafini olmoqchi emas. XXR tomonlarni murosaga kelishiga ko‘maklashmoqchi.
“Rasmiy Pekin terrorchilikka qarshi kurashda vaziyatning yaxshilanishi uchun ushbu ikki tomonlama mojaroning barham topishidan manfaatdor”, deyiladi xabarda.
Hindistonda XXR tashabbusi ortida geosiyosiy xavf bo‘lishi mumkinligini uchun unga ijobiy qaramayapti. Shu bilan birga Pokiston rasmiy Pekinning pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlayapti.
Eslatib o‘tamiz, 14 fevral kuni hudkush-terrorchi hind harbiy konvoyini portlatib yuborgandi. Hodisada 40 nafardan ortiq politsiya xodimi halok bo‘lgandi.
Mazkur terrorchilik aktidan keyin Hindiston Kashmir shtatining Pokiston nazoratidagi qismiga havo hujumini amalga oshirgandi.
LiveBarchasi