OAV faoliyatiga senzura o‘rnatish uchun javobgarlik kuchaytiriladi – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Avvalroq, Oliy Majlis Senatining yangi binosida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish marosimi boshlangani haqida xabar bergandik.

Marosimda so‘zga chiqqan Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi va so‘z erkinligi hamda ochiqlik siyosati haqida gapirdi. 

“Albatta, bunday ochiqlik va oshkoralik sharoitida ishlash, o‘z faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarni to‘g‘ri qabul qilish eskicha qoliplar bilan yashayotgan ayrim amaldorlarga yoqmasligi ham mumkin. Lekin bundan qat’i nazar, biz bu yo‘lni davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilamiz va uni izchil davom ettiramiz”, deydi Mirziyoyev. 

Davlat rahbari, shuningdek, OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish uchun amaldagi qonunchilikda javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilayotganini ma’lum qildi.

“Shu maqsadda amaldagi qonunchilikda davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish, senzura o‘rnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

106

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing