OAV faoliyatiga aralashish uchun javobgarlik Konstitutsiyaga kiritiladi
Jamiyat
−
24 fevral 2023
3793Ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi haqidagi norma endilikda Konstitutsiya bilan mustahkamlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan qo‘shma yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaydi, shuningdek ochiqlik siyosatini qat’iy davom ettirishga qaratilgan qoidalar mustahkamlanadi.
“Konstitutsiyamizga kiritilayotgan ushbu norma mamlakatimizda so‘z va axborot erkinligini yanada yuksalishiga, jamiyatda ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi”, deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabarida.
Shuningdek, hukumat zimmasiga ijro hokimiyati organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatidagi korrupsiya ko‘rinishlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini va ochiqligini oshirish choralarini ko‘rish vazifasi yuklanayotgani qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, amaldagi Konstitutsiyaga muvofiq XV bob “Ommaviy axborot vositalari” deb nomlanib, unga faqat bitta – 67-modda kiritilgan. Unda esa faqat ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlashi, ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgar ekani hamda senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan edi. Biroq mamlakatda qonunay senzura chek qo‘yilgan bo‘lsada ayrim tashkilotlar tomonidan ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar faoliyatiga asossiz aralish holatlari tez-tez uchrab turadi.
LiveBarchasi