Ohangaronda YTH natijasida do‘kon yonib ketdi
Jamiyat
−
28 Iyun 2020 13727 1 daqiqa
Bugun, 28 iyun kuni Ohangaron shahar, “Guliston” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning 1-qavatidagi do‘konda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga soat 14:15 da xabar kelib tushgan.
Buning oqibatida ushbu hududning 190 m kv maydoni, ya’ni, do‘konning shifti va ichki jixozlari hamda oziq-ovqat maxsulotlariga zarar yetgan.
Mazkur xabar yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, yong‘inni o‘z vaqtida bartaraf etgan. Qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari natijasida 90 m.kv. saqlab qolingan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisaning kelib chiqishiga Damas hamda “Zil-130” rusumli avtomobillarining to‘qnashuvi sabab bo‘lgan deb taxmin qilinmoqda.
Kelib chiqqan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlangan fuqarolar bo‘yicha ma’lumot kelib tushmagan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr