Ohangaronda YPX xodimlari va fuqarolar o‘rtasida nizo chiqdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida Yo‘l-patrul xizmati xodimlari va fuqarolar o‘rtasida tortishuv yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqamasi holat bo‘yicha izoh berdi.

Kecha, 1 oktyabr kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani hududidan o‘tuvchi A-373a “Olmaliq-Toshkent” avtomobil yo‘lining 1-kilometrida YPX xodimi A.Karayev tomonidan KIA Carnival rusumli avtomobil to‘xtatilgan. Mashinani tekshirish davomida transport vositasining yon oynasi ruxsatsiz qoraytirilganligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilayotgan vaqtda ushbu avtomobil yo‘lovchisi hamda atrofda bo‘lgan yana bir piyoda telefon orqali holatni videotasvirga olgan.

YPX xodimi ushbu jarayonda yo‘lovchiga tasvirga olmaslikni so‘rab e’tirozlar bildirgan va o‘zaro tortishuvli vaziyat yuzaga kelgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Tekshiruv davomida YPX xodimining xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron

Baholaganlar

217

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing