Ohangaronda mudhish YTH (video)

Jamiyat

Kecha, 16 iyul kuni soat 21:00 atrofida Toshkent viloyati Ohangaron yo‘li A373 trassasida mudhish YTH yuz bergan. Bu haqda voqea joyidan  QALAMPIR.UZ muxbiri xabar bermoqda. 

Yuk mashinasi va Spark yengil avtomobili ishtirokida sodir bo‘lgan YTH natijasida ikki avtomobil ham yona boshlagan. Oqibatda trassada harakatlanibyu bo‘lmagan, boshqa avtomobillar va odamlar YTH bo‘lgan joyga yaqin bora olmagan. 

Hozirgacha Ohangaronda qayd etilgan mazkur holat bo‘yicha na Favqulodda vaziyatlar vazirligi, na Ichki ishlar vazirligi, na Davlat yong‘in xavfsizligi xizmati va na Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lumot bergani yo‘q. 

QALAMPIR.UZ muxbiri voqea joyida 30 daqiqadan ortiq bo‘lganini, bu vaqt ichida Yong‘in xavfsizlik xizmati kelmaganini aytadi. 

Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Ohangaron

Baholaganlar

110

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing