Ohangaronda IIB xodimlari hayvonlarni shavqatsizlarcha o‘ldirayotgani aytilmoqda
3-sahifa
−
26 mart 2022 11393 1 daqiqa
Kecha, 25 mart kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida IIB xodimlari va Obodonlashtirish vakillari hayvonlarni shavqatsizlarcha o‘ldirayotgani haqida xabar va video tarqaldi.
Bo‘layotgan shavqatsizlik haqida yozgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev qonun himoyachilari ko‘z o‘ngida hayvonlarga nisbatan vahshiylik avjida ekanini ta’kidlagan.
Toshkent viloyat IIBB mazkur holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.
“O‘rganish olib borilmoqda. Holatga oydinlik kiritilib, to‘liq axborot beriladi”, deb yozgan IIBB Matbuot kotibi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr