Ohangaron tumani ikki hudud hisobiga kengaytiriladi

Jamiyat

image

“Toshkent viloyatining Angren shahri, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Loyihaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Toshkent viloyatining Angren shahri. O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumani chegaralari o‘zgartiriladi.

Toshkent viloyati Angren shahari hududidagi 143,16 gektar (“Nurobod” qo‘rg‘oni) hamda O‘rta Chirchiq tumani hududidagi 3278,92 gektar (“Baxt” MFY hududidan 130,46 gektar, “Tosh DAU” MFY hududidan 1518,5 gektar, “A.Navoiy” MFY hududidan 264,5 gektar va “O‘rtasaroy” MFY hududidan 1250,2 gektar) yer maydoni Toshkent viloyatining Ohangaron tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Toshkent viloyatining Angren shahri, O‘rta Chirchiq va Ohangaron tumanlarining ma’muriy hududi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan chegaralarning tavsifi va grafik chizmasiga asosan tasdiqlanadi.

Toshkent viloyati Ohanagon tumani tarkibiga o‘tkazilayotgan Toshkent viloyatining Angren shahar 27-Hamza saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining deputati Bandarenko Viktor Mixaylovich Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining deputati hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ohangaron

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing