Ohangaron daryosida qolib ketgan ayol qutqarildi
3-sahifa
−
23 may 2051 1 daqiqa
Bugun, 23 may kuni Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi Ohangaron daryosida 1 ayol qolib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:20 da tuman hududidan oqib o‘tgan “Ohangaron” daryosi o‘rtasidagi quruqlikda 1 nafar fuqaro qolib ketgani va yordam zarurligi to‘g‘risida Olmaliq shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Ma’lum bo‘lishicha, daryoda suv sathi kutilmaganda ko‘tarilgan va suv oqimi yuqoriligi sababli fuqaro xavfsiz qirg‘oqqa chiqolmagan.
Aytilgan manzilga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqqan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 22 may kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida 2025 yilda tug‘ilgan bola hojatxonaga tushib ketgandi.
Live
Barchasi