Ohangaronga yangi hokim keldi
Jamiyat
−
12 avgust 2023
7057Erkin Madorbekovich Muhiddinov Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Bugun, 12 avgust kuni Xalq deputatlari Ohangaron tumani Kengashining navbatdan tashqari 86-sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi G‘ofur Mirzayev va Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etgan.
Yig‘ilishda Erkin Madorbekovich Muhiddinov Ohangaron tumani hokimi etib tayinlangan.
Tayinlovga qadar u Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Erkin Muhiddinov 1976 yili Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. 1997 yili Andijon iqtisodiyot boshqaruv instituti, 2000 yili Bank-moliya akademiyasi, 2007 yilda Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti Oliy maktabi (IDEAS-JETRO, Yaponiya)ni tamomlagan.
Tumanning oldingi hokimi Abdurasul Ne’matovich Abdullayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.
LiveBarchasi