Nursulton Ro‘ziboyev O‘zbekistonga qaytdi

Sport

Bugun, 3 aprel kuni UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev O‘zbekistonga qaytib keldi.

31 mart kuni tashkilotdagi ikkinchi jangida amerikalik Sedrik Dyumani 1-raunddayoq texnik nokautga uchratgan Ro‘ziboyevni Toshkent xalqaro aeroportida keng jamoatchilik vakillari va OAV qarshi oldi. 

30 yoshli sportchi QALAMPIR.UZ'ga kelgusi rejalari haqida aytib o‘tdi.

"Tez orada UFC'dagi navbatdagi jangim sanasi va raqibim aniq bo‘ladi. Agar keyingi jangimdan ham jarohatsiz chiqsam katta ehtimol bilan BAAda o‘tkaziladigan UFC turnirida ishtirok etaman", deydi Ro‘ziboyev. 

Shuningdek, Ro‘ziboyev nima uchun g‘alaba qozongan bo‘lsa ham, o‘z vaznida reytingning kuchli o‘n beshtaligiga kiritilmaganiga izoh berdi.

"Reytingda top-15'ga kirishim uchun jadvalda yuqori o‘rinda turgan jangchilarni yengishim kerak", deydi sportchi.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev hozircha UFC'da 2 ta g‘alabaga ega. Uning MMA'dagi rekordni 35 ta g‘alabani tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Nursulton Ro'ziboev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing