Nursulton Ro‘ziboyev UFC bilan yangi shartnoma tuzdi

Sport

−

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev Ultimate Fighting Championship (UFC) bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Yangi shartnomaga ko‘ra, 30 yoshli Ro‘ziboyev tashkilotda yana 4 ta jang o‘tkazish imkoniyatiga ega. O‘zbekistonlik jangchi eski shartnomasi bo‘yicha UFC’da yana 1 ta jang o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, Nursulton Ro‘ziboyev 2023 yil 1 iyul kuni tashkilotda debyut qilgan. Hozirgacha u UFC'da 3 ta jang o‘tkazib, 2 tasida g‘alaba qozongan, 1 ta jangda esa imkoniyatni boy bergan. 

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirrog‘ida Nursulton Ro‘ziboyev Toshkentga kelgan Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing