Nursulton Nazarboyev Putin bilan uchrashadi
Olam
−
29 iyun 2021 5145 1 daqiqa
Ertaga, 30 iyun kuni Moskvada Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda Elboshining Matbuot kotibi Aydos Ukibay xabar berdi.
Qayd etilishicha, 30 iyun kuni Moskvada bo‘lishi kutilayotgan uchrashuvda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini yanada rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Avvalroq, Qozog‘iston Rossiyaning Ittifoqni siyosiylashtirish bo‘yicha taklifiga rad javobini bergani xabar qilingandi.
Diyora Abdurahmonova
Live
Barchasi