Nursulton Nazarboyev nega iste’foga chiqqanini aytdi
Olam
−
06 iyun 2019
11547Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqishi sababini ma’lum qildi.
“Mening bu yil qabul qilgan qarorim davlat barqarorligi va kelajak uchun, shuningdek, so‘nggi 30 yil davomida olib borgan siyosatimning davomli bo‘lishi uchun normal qaror”, dedi Nazarboyev Qozog‘iston Senatining plenar yig‘ilishida.
Nazarboyevning so‘zlariga ko‘ra, u boshqa davlat rahbarlaridan xat va qo‘ng‘iroqlar qabul qilib olganida hayron bo‘lgan, negaki Elboshi bunday reaksiyani kutmagan. Biroq Nazarboyev shu yo‘l bilan hokimiyat tranziti masalasini qanday hal qilishga namuna bo‘lganini qayd etdi.
“Men o‘zim bunday reaksiyadan hayratga tushdim. Biz yana bir bor hokimiyatning qo‘ldan-qo‘lga o‘tishi masalasida namuna ko‘rsatdik”, dedi Nazarboyev.
Eslatib o‘tamiz, 1990 yildan beri Qozog‘istonni uzluksiz boshqargan Nursulton Nazarboyev joriy yilning 20 mart kuni iste’foga chiqdi. U vakolatlarini Qosim-Jomart Toqayevga topshirdi.
Nazarboyev iste’fosidan keyin Qozog‘istonda muddatidan avval prezidentlik saylovlari o‘tkaziladigan bo‘ldi. Saylov joriy yilning 9 iyun kuniga belgilandi. Prezidentlikka 7 kishi nomzodlini ko‘rsatdi. Ularning orasida Toqayev ham bor.
LiveBarchasi