Nurmuhammedovning jangi da’vogarlik maqomida bo‘ladi

Sport

image

Joriy yilning 5 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan rossiyalik Umar Nurmuhammedov va Amerika vakili Kori Sendxagen o‘rtasidagi jang da’vogarlik maqomida bo‘ladi. Bu haqda amerikalik sportchi Instagram'dagi sahifasida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, UFC'dagi eng yengil vazn toifasida (61 kg gacha) yangilangan reytingning 4-pog‘onasini egallab turgan Kori Sendxagen va 11-o‘rindagi Umar Nurmuhammedov jangi g‘olibiga amaldagi chempion Aljameyn Sterlingning kamariga asosiy da’vogar nomi beriladi.

“Menimcha, Umar haqiqatdan ham ajoyib jangchi va men bilan bo‘ladigan jangda buni isbotlaydi degan umiddaman. Ular bu jangni da’vogarlik uchun kechishini aytdi, biz esa bunga munosibmiz. Axir uning rekordi 16-0”, deydi Kori Sendxagen. 

Ma’lumot uchun, rossiyalik sportchi MMA'dagi faoliyati davomida 16 ta professional jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Kori Sendxagen esa umumiy 20 ta jangining 16 tasida g‘alaba qayd etgan hamda 4 ta bahsda mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Umar Nurmuhammedov da'vogarlik Kori Sendxagen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing