Nurmuhammedovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi e’lon qilindi

Sport

image

Rossiyalik UFC jangchisi Umar Nurmuhammedov navbatdagi jangida Xitoy vakili Song Yadong bilan to‘qnash keladi. Bu haqda “Red Corner MMA” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, to‘qnashuv joriy yil 14 dekabr kuni Amerikaning Florida shtati Tampa shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, hammasi bo‘lib Nurmuhammedov MMA'da 18 ta jang o‘tkazib, 18 ta g‘alabaga erishgan. Ayni paytda Yadong UFC'ning yengil vazn toifasida 8-o‘rinni egallab turibdi. Umumiy hisobda shu kungacha aralash yakkakurashlar bo‘yicha faoliyati davomida u 21 marta g‘alaba qozongan va 8 ta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. U ishtirokidagi yana bir jang durang bilan yakunlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Umar Nurmuhammedov Song Yadong

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing