Nurmuhammedov qachon oktagonga qaytadi?
Sport
−
19 iyun
2972Bellator ligasi yengil vazn chempioni, UFC afsonasi Habib Nurmuhammedovning amakivachchasi Usmon Nurmuhammedovning keyingi jangi shu yilning 7 sentyabr kuni rossiyalik Aleksandr Shabliyga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda jangchi o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Jang AQSHning San-Diyego shahrida bo‘lib o‘tadigan Bellator Chempionlar seriyasi musobaqasining markaziy jangi hisoblanadi.
Qayd etish joiz, 26 yoshli aralash yakkakurash ustasi oxirgi marta Bellator 300 turniridan keyin, doping komissiyasi tomonidan noqonuniy moddalar iste’mol qilgani uchun 6 oyga janglardan chetlatildi. Bellator 300'dagi Brent Primus ustidan erishgan g‘alabasi esa reytingidan o‘chirilib, jang tashkil etilmagan deb, topildi va dog‘istonlik sportchi 50 ming dollar jarimaga tortildi.
Ma’lumot uchun, Nurmuhammedov hozirda 17-0 rekord bilan ketmoqda. Uning raqibi Aleksandr Shabliy esa umumiy 27 marotaba jang o‘tkazgan. Janglarning 24 tasida g‘alaba qozongan, 3 marotaba esa imkoniyatni boy bergan.
Xabibulloh Rayimov