Nurmuhamedov UFC`ning umumiy reytingida birinchi o‘ringa chiqdi

Sport

image
Getjining Nurmuhamedov yig‘laganda bergan tasallisi ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi” north_east

Getjining Nurmuhamedov yig‘laganda bergan tasallisi ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi”

Rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedov UFC jangchilarining umumiy reytingida ilk bor birinchi o‘ringa chiqib oldi. Bu haqda uning o‘zi Instagram`dagi sahifasida ma’lum qildi.

“Mehnatsevarlik, Allohga umid va sabr – bu uchta fazilat menga muvaffaqiyatga erishishda yordam berd. Albatta, menga ko‘p vaqt va mehnat sarf qilgan otamning doimiy nazorati va maslahatlari”, degan Nurmuhamedov erishgan marrasiga izoh berib.

Habib Nurmuhamedov joriy yilning 24 oktyabr kuni Jastin Getji ustidan g‘alaba qozonib, UFC chempionlik unvonini himoya qildi. Jangdan keyin Habib faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. U bu qarorini otasining vafotidan keyin ko‘proq vaqtini onasi bilan o‘tkazishni xohlayotgani bilan izohladi.

Nurmuhamedov so‘nggi oylar davomida UFC`ning umumiy reytingida ikkinchi o‘rinni egallab kelayotgandi. U o‘rta vazn toifasidagi sobiq chempion Jon Jonsdan ortda qolayotgandi. Getji bilan jangdan keyin u UFC`dan darhol o‘zini birinchi o‘ringa chiqarishni talab qilgan.

Nurmuhamedov faoliyati davomida 29 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. U chempionlik unvonini 2018 yilda qo‘lga kiritgan va uch marta uni himoya qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov

Baholaganlar

241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing