Getjining Nurmuhamedov yig‘laganda bergan tasallisi ijtimoiy tarmoqlarni “portlatdi”
Sport
−
26 Oktabr 2020
25094UFC jangchisi Jastin Getji Habib Nurmuhamedov yig‘lab yuborgan vaqtda unga nimalar deganini aytdi.
Nurmuhamedov UFC 254 musobaqasining asosiy jangida Getjini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi. Shundan keyin Habib ko‘z yoshlarini tiya olmadi va bir qancha vaqt oktagonda yig‘ladi.
"Otangni o‘limidan keyin senga avvalroq yuzlana olmadim, uni yo‘qotganingdan juda afsusdaman. Hozirgina uni g‘ururlanishga majbur qilding", degan Getji o‘sha paytda.
Bu esa ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining olqishiga sabab bo‘ldi. Aksari foydalanuvchilar Nurmuhamedovning ko‘z yoshlariga otasining vafoti sabab bo‘lganini o‘sha ondayoq bilishganini aytgan bo‘lsa, yana ko‘plab sport ishqibozlari “Habibning ko‘z yoshlari tana emas, ruhiyatning og‘rig‘idan bo‘ldi”, deya izoh berdi.
Habib Nurmuhamedovning ushbu o‘tkazgan jangiga o‘z fikrlarini bildirar ekan, Ronaldu hamda Makgregor ham uning qayg‘usiga sherik bo‘lishgan.
Eslatib o‘tamiz, 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi (BAA) “Janglar oroli”da o‘tkazilgan UFC 254 musobaqasida rossiyalik Habib Nurmuhamedov amerikalik Jastin Getji bilan kuch sinashdi va 2 raunddayoq g‘olib bo‘ldi.
LiveBarchasi