Nurmuhamedov karerasini qachon tugatishini ma’lum qildi

Sport

image

Mutlaq janglar chempionati chempioni, rossiyalik jangchi Habib Nurmuhamedov 35 yoshga kirgandan keyin aralash yakkakurash (MMA) bo‘yicha karerasini to‘xtatmoqchi. Bu haqda u “Match TV” telekanaliga aytib o‘tdi.

Sportchi 31 yoshda va yengil vazn bo‘yicha UFC kamariga egalik qiladi. Nurmuhamedov UFC'da 23 yoshidan buyon ishtirok etib, 2018 yilda chempion bo‘lgan.

“Men 35 yoshimda o‘zimni MMA'da ko‘rmayapman. 34 yoshda imkoniyatlar bo‘ladi, ammo 35 yoshda UFC'da yuqori pog‘onaga chiqish qiyin. 35 yoshgacha kuchimni asrayman, lekin keyinchalik kurashadigan bo‘lsam, sog‘lig‘imga jiddiy ta’sir qilishi mumkin”, deydi Nurmuhamedov.

Nurmuhamedov so‘nggi jangini 2019 yil 7 sentyabrda amerikalik Dastin Porega qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongandi. Habib 28 marta jang qilib, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan. Uning navbatdagi jangi 24 oktyabr kuni Abu-Dabida amerikalik Jastin Getjiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

UFC

Baholaganlar

379

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing