Nurmuhamedov Fergyuson bilan jang qiladi
Sport
−
02 noyabr 2019
7762UFC rahbari Dana Uayt yengil vazn bo‘yicha chempion Habib Nurmuhamedovning keyingi jangi Toni Fergyuson bilan bo‘lishini tasdiqladi.
UFC rahbari Nurmuhamedov va Fergyuson jangi bo‘lmasligi uchun hech qanday muammo yo‘qligini ma’lum qildi.
“Jangning tashkiliy qismi boshlab yuborilgan. Nurmuhamedov uchun bu keyingi jang bo‘lishi kundek ravshan va amalga oshadi”, dedi Uayt. U shuningdek, jangning taxminiy sanasini ham ma’lum qildi.
“Jang 2020 yilning birinchi choragida o‘tkaziladi deb, o‘ylayman”, dedi Dana Uayt.
Hozircha jangning qayerda va aynan qachon o‘tkazilishi haqida gapirishga erta. Nurmuhamedov Rossiyada jang o‘tkazishni xohlashini ma’lum qilgandi. Moskva va Sankt-Peterburg muqobil variant sifatida ko‘rilgandi. Shuningdek, rossiyalik jangchi bahordan avval oktagonga qaytishga tayyor bo‘lmasligini ham tan olgandi.
Eslatib o‘tamiz, UFC chempioni Habib Nurmuhamedov so‘nggi jangida Dastin Porega qarshi jang qilib, uni bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lub qilgandi.
LiveBarchasi