Nurmuhamedov Chimayevning muammosi nima ekanini aytdi

Sport

image

Sobiq UFC chempioni Habib Nurmuhamedov asli chechen millatiga mansub Hamzat Chimayevning UFC 279 turniri oldidan belgilangan vazn ko‘rsatkichini bajarolmaganini uning atrofidagi muhit bilan bog‘ladi. Nurmuhamedov bu haqda YouTube'dagi “Eman Channel” kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.

Habibning so‘zlariga ko‘ra, Hamzat atrofiga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadigan va yomon ishlardan qaytaradigan musulmonlarni yig‘ishi kerak. Hozirda Chimayevning oldida bunday insonlar yo‘q

“Agar siz musulmon bo‘lsangiz, o‘zingizni yaxshi insonlar va musulmonlar bilan o‘rab olishingiz kerak. Ular sizni yomon ishlardan qaytaradi va ortiq bunday qilmaslik lozimligini aytadi. Yaqinda Hamzat Chimayevning vazn o‘lchash marosimini tomosha qildim. Men uning vazni bilan nima sodir bo‘layotganini kuzatdim va uning jamoasiga qaradim. Uning atrofida musulmonlar yo‘q. Bu esa juda yomon. Chunki siz musulmon bo‘lsangiz, atrofingizda yaxshi va kuchli insonlar bo‘lishi zarur. Ular qayting va buni (belgilangan parxez va mashg‘ulotlarni) qiling deyishadi. Mashhur, boy va kuchga ega bo‘lganingizda atrofingizda maslahat beradigan odamlar bo‘lmasa yoki siz ularga quloq solmasangiz, bu (vazn va boshqa shunga o‘xshash normalardan chiqib ketish) sodir bo‘ladi”, degan sobiq UFC chempioni.

Ma’lumot uchun, Hamzat Chimayev  2020 yilning 16 iyulida UFC'dagi debyut jangini o‘tkazadi va g‘alaba qozongan. Oradan 10 kun o‘tar o‘tmas u dunyoning eng katta MMA promoushenidagi ikkinchi jangida Ris MakKiini mag‘lub etgan. 10 kunda MMA'a ikkita jang o‘tkazish kuzatilmagan. Oxirgi ikkita jangida Hamzat Gilbert Byorns va  Kevin Xolland kabi kuchli raqiblarni mag‘lub etdi. Bu janglardan so‘ng Hamzatning navbatdagi raqiblari ikkinchi yarim og‘ir vazn toifasining haqiqiy “nahanglari” Kamaru Usman, Kolbi Kovington va Leon Edvardslardan biri bo‘lishi deyarli aniq bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib Nurmuhamedov Hamzat Chimaev

Baholaganlar

409

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing