Nurmat Otabekov emlangan onalardan g‘ayrioddiy chaqaloqlar “tug‘ilayotganiga” munosabat bildirdi

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda homiladorlik vaqtida koronavirusga qarshi emlangan ayollardan g‘ayrioddiy bolalar tug‘ilayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Unda chaqaloqlarning dumi, yungi, 3-4 ta qo‘l va oyog‘i borligi ko‘rsatilgan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov bu xabarlarga va vaksinaning irsiyatga ta’siri haqidagi fikrlarga munosabat bildirdi.

Mutaxassis butun dunyoda vaksinatsiya jarayonlariga start berilganiga hali 9 oy ham bo‘lmaganini urg‘ulab, dastlabki vaksinatsiya faqatgina 65 yoshdan yuqori insonlar bo‘lganini qo‘shimcha qilgan.

“O‘ylab ko‘rsak, dunyoda vaksinatsiya jarayonlariga ommaviy start berilganiga hali 9 oy ham bo‘lgani yo‘q. Dunyo bo‘yicha shu paytga qadar homilador ayollarda emlash jarayonlari amalga oshirilmadi. Vaksinatsiya jarayonlari dastlab boshlanganida faqatgina xavf guruhiga kirgan aholi vakillari emlana boshlangan edi. Emlanganlarning aksariyati yoshi 65 yoshdan yuqori insonlar bo‘lib, ular, asosan, farzand ko‘rish yoshidan ancha yuqori qatlam hisoblanadi”, deydi Nurmat Otabekov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining so‘nggi tahlillari homilador va emizikli ayollar, hatto, OITS va OIV infeksiyalari bilan kasallangan bemorlar ham emlanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, homiladorlar kelgusida emlana boshlangan taqdirda ham ularda bunday holatlar kuzatilmasligiga kafolat bor.

“Vaksina tayyorlanadigan virus genomi bilan inson irsiyatiga javob beruvchi genlarning umuman aloqasi yo‘q. Aksariyat vaksinalarda virusning to‘liq namunalari emas, uning tarkibidagi rekombinant oqsil moddasi foydalanilmoqda. Demak, emlash orqali organizmga virus namunasi kiritilmaydi. ”, deya qo‘shimcha qilgan Otabekov.

Unga ko‘ra, tarqatilgan majruh chaqaloqlar surati katta ehtimol bilan homilador ayollarning skrining jarayonlarida olingan bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

626

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing