Nurafshonda yigit onasining tanishini do‘pposlab, o‘ldirib qo‘ydi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent viloyatida yigit onasi bilan spirtli ichimlik ichib o‘tirgan mehmonni kaltaklab, o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 17 yanvar kuni soat 21:30 larda 27 yoshli P.M. Nurafshon shahar “Nurafshon” mahallasida joylashgan yashash xonadonidagi ovqatlanish xonasiga kirib, onasi 55 yoshli B.D. tanishi 57 yoshli N.R. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganligini ko‘rgan. P.M. bundan jahli chiqib, N.R. bilan o‘zaro janjallashib, yog‘och bo‘lagi bilan uning chap son qismiga va tanasining duch kelgan joylariga qo‘li va oyog‘i bilan urib, tepib tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda N.R. olgan tan jarohatlari bilan Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi olib kelinib, unga tez tibbiy yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan ushbu tibbiyot birlashmasida vafot etgan.

Holat yuzasidan Nurafshon shahar IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan P.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat Nurafshon

Baholaganlar

644

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing