Nurafshonda soxta dollarni pullamoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
3-sahifa
−
25 iyun 2021 4045 1 daqiqa
Toshkent viloyatida qalbaki 1 100 AQSH dollarini 500 AQSH dollari evaziga sotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Aniqlanishicha, Departamentning Nurafshon shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.S. va boshqalar oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaroga qalbaki pullarni sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Diyora Abdurahmonova
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr