Zangiotada haydovchilarga soxta pul bergan shaxs ushlandi
3-sahifa
−
10 noyabr 2023
6713Toshkent viloyati Zangiota tumanida yuk avtomashinasi haydovchilariga qalbaki AQSH dollari bergan fuqaro ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
"Departamentning Zangiota tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro H.A. Rossiya davlatidan yog‘och mahsulotini olib kelib bergan yuk avtomashinasi haydovchilari U.D. va S.N.ga xizmat haqi uchun 14 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan", deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 316 million so‘m qalbaki pullar yoqib yuborilgandi.
LiveBarchasi