O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi harbiy derjava maqomini saqlab qoldi

Jamiyat

image

Global Firepower taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yil O‘zbekiston armiyasi yon qo‘shinlari Qozog‘iston, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Tojikistonga nisbatan Markaziy Osiyodagi eng qudratli hisoblangan.

137 davlatdan iborat umumiy ro‘yxatda O‘zbekiston qurolli kuchlari 48-o‘rinni band etgan. Reytingga Ozarboyjon (52), Qozog‘iston (54), Turkmaniston (75), Gruziya (85), Qirg‘iziston (91), Tojikiston (94), Armaniston (96) va boshqa davlat armiyalari ham kiritilgan.

Birinchi kuchli o‘rinda AQSH, Rossiya va Xitoy armiyalari bormoqda. Birinchi o‘nlikka Hindiston, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Turkiya va Germaniya kiritilgan.

Global Firepower ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatishga yaroqli inson resurslarining umumiy soni 15,9 million kishini tashkil etadi. Ayni paytda mamlakat qurolli kuchlari safida 50 ming kishi xizmat qilmoqda. 

O‘zbekistonning harbiy havo kuchlaridagi uchuvchi apparatlarning umumiy soni 179 tani tashkil etadi. Ulardan 69 tasi qiruvchi, 89 tasi zarba yo‘llovchi, 89 tasi harbiy-transport, 2 tasi o‘quv-mashg‘ulot samolyotlaridir. Shuningdek, 73 ta vertolyot ham bor. 

 Bundan tashqari, mamlakat qurolli kuchlar tarkibida 420 ta tank, 1215 bronetransporter, 137 ta o‘ziyurar artilleriya qurilmasi, 98 ta raketa qurilmasi mavjud.
 
Ma’lumot o‘rnida: jahon armiyalari reytingi Global Firepower 55 ko‘rsatkichga asoslanadi. Ular nafaqat mavjud qurollarning soni, balki ularning xilma-xilligini ham o‘z ichiga oladi. 

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston harbiy derjava

Baholaganlar

181

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing