Nukusdagi restoranda gaz portladi

3-sahifa

image

Kecha, 12 iyun kuni soat 6:00 lar chamasida Nukus shahri S.Kamalov ko‘chasida joylashgan ikki qavatli “Neo” restorani imoratida gaz va havo aralashmasidan portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nukus FVBdan 2 ta yong‘indan qutqarish ekipaji yetib kelgan.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash binoning ikkinchi qavatidagi oshxonada sodir bo‘lgan. Natijada imorat zararlangan. Mazkur voqeadan tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q. Portlash sodir bo‘lganida binoda qorovul bo‘lgan, lekin unga jarohat yetmagan”, deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining katta leytenanti Aybek Abdiraxmanov.

Voqea joyiga zudlik bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB, Ichki ishlar bo‘limi, Prokuratura va “Tez yordam” xizmati xodimlari yetib kelgan. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilib, yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus portlash

Baholaganlar

131

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing