Nukusdagi namoyishlar bo‘yicha sud o‘z ishini boshladi

Jamiyat

image

Buxoro viloyati sudida 1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlandi.

Ish birinchi instansiya sudi tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Ye.Abibullayev raisligida ko‘riladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, quyidagi sudlanuvchilar ayblanmoqda:

Davletmurod Tajimuratov;
Lola Qallixanova;
A. Turdanov;
A. Smetullayev;
D. Djiyemuratov;
B. Kadirbergenov;
B. Seytniyazov;
A. Toqimbetov;
Q. Seytimov;
A. Nuratdinov;
S. Medetov;
N. Nayipov;
P. Shamshetov;
R. Bekmuratov;
S. Kaipov;
B. Genjebayev;
S. Kalilayev;
P. Nurniyazov;
S. Kalimov;
N. Sultamuratov;
A. Temirxanov;
A. Adilbekov.

Ularga Jinoyat kodeksining quyidagi moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan:

28-modda. Jinoyat ishtirokchilarining turlari moddasi orqali 104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish;

104-modda. Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish;

159-modda. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish;

164-modda. Bosqinchilik;

167-modda. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;

227-modda. Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish;

243-modda. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish;

244-modda. Ommaviy tartibsizliklar;

244−1-modda. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish;

247-modda. O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash;

277-modda. Bezorilik.

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamog‘i” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston voqealari

Baholaganlar

99

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing