Nukusda vayronalardan qutqarilgan 5 yashar qizcha vafot etdi
3-sahifa
−
11 mart 2023 12858 1 daqiqa
Joriy yilning 8 mart kuni Nukusda portlagan uy vayronalari ostidan olib chiqilgan 5 yashar qiz shifoxonada vafot etdi. Bu haqda “Kruz.uz” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, qizchaning o‘limiga yurak va o‘tkir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lgan. Portlash yuz bergan paytda qizning buvisi, onasi va oilaning ikki farzandi ham halok bo‘lgan, qizchaning otasi omon qolgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 yanvar kuni Nukus shahri “Temir jol” mahallasidagi 4 qavatli uyning to‘rtinchi qavatida joylashgan xonadonlarning birida gaz portlab, uy vayronalari ostidan 5 kishining jasadi topilgan edi. Keyinroq holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Live
Barchasi