Nukusda qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkentda ushlandi

Jamiyat

image

Joriy  yilning 14 may kuni Nukus shahar IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan shaxs Toshkentda qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

14 may kuni soat 19:00 da, Uchtepa tumani “Farhod” dehqon bozori oldida bir noma’lum shaxs bemaqsad yurganligi ichki ishlar organlari xodimlarida shubxa uyg‘otib, oldiga borib shaxsini tasdiqlovchi xujjatini tekshirmoqchi bo‘lganlarida qochib ketishga uringan.

Lekin xodimlarni tezkorligi natijasida ushbu shaxs ushlanib, Uchtepa tumani 7-sonli Ichki ishlar bo‘limiga olib borib, shaxsiga aniqlik kiritilganda, ushbu shaxs Xorazm viloyati, Xiva tumani, Oq-Yop QFYda ro‘yxatda turuvchi 1974 yilda tug‘ilgan Dilshod Shamuratovich Polyazov ekanligi aniqlangan. IIV Axborot markazidan tekshirilganda u 2020 yil 11 apreldan buyon Nukus shahri IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib qiduruvda ekanligi aniqlangan.

Xozirda mazkur xolat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

IIV jinoyat qidiruv

Baholaganlar

364

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing