Nukusda 21 yoshli qiz o‘zini kanalga tashladi

3-sahifa

image

Bugun, 26 aprel kuni Nukusda o‘zini kanalga tashlagan qizning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.

Ertalabki soat 8:30 larda olingan xabarga ko‘ra voqea joyiga Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari yetib borgan. Ular Nukus shahri bo‘ylab o‘tgan “Do‘stlik” kanaliga o‘zini tashlagan noma’lum ayol suvdan qutqarib olishgan.

 O‘z vaqtida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shahar tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan ushbu ayol, dastlabki surishtiruvlar mobaynida Nukus shahrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro D.N. ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus

Baholaganlar

588

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing