Nukus voqealarida ayblangan Tajimuratov, Shamshetov va boshqalarning ishi apellyatsiya sudida ko‘rilayotgani aytildi

Jamiyat

image

Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining 2023 yil 31 yanvardagi hukmi ustidan bir qator sudlanuvchilarga nisbatan apellyatsiya sudi davom etmoqda. Bu haqda Oliy Sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilar D.Tajimuratov, P.Shamshetov (marhum, Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo‘limining sobiq boshlig‘i Polat Shamshetov hibsda vafot etgan), S. Kalimov, S. Kaipov, A. Temirxanov, S. Medetov, N. Sultamuratov, A. Tokimbetov, R. Bekmuratov, B. Seytniyazov, A. Adilbekov, P. Nurniyazov, N. Nayipov, B. Kadirbergenov, D. Djiyemuratov, Q. Seytimov va ularning himoyachilari tomonidan berilgan shikoyatlar hamda prokuratura tomonidan hukmning sudlanuvchilar L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan keltirilgan protest asosida mazkur jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismini apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni davom etmoqda.

Ta’kidlanishicha, bugungi sud majlisida jinoyat ishi yuzasidan berilgan shikoyatlar va protest bo‘yicha taraflarning fikrlari tinglangan.

“Keyingi sud majlisi 11 may kuni o‘tkaziladi”, deyilgan xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Buxoroda 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud bo‘lib o‘tgandi va sud hukmi e’lon qilingandi. Unga ko‘ra, Davletmurat Tajimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. Lolagul Kallixonovaga esa tayinlangan jazo 3 yil sinov muddati bilan shartli deb belgilanib, sud zalida qamoqdan ozod qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus voqealari Tajimuratov Shamshetov apellyatsiya sudi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing