NTTlarga o‘quvchilarni ta’tilga chiqarish tavsiya qilindi

Jamiyat

image
O‘zbekistonda karantin: jamoat transportlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi north_east

O‘zbekistonda karantin: jamoat transportlari har 4 soatda dezinfeksiya qilinadi

Nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quvchi, talaba va o‘rganuvchilariga ta’til berish tavsiya qilindi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Matbuot kotibi ma’lum qildi.

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilishi o‘tkazilib bir qator qat’iy choralar belgilandi. Barcha davlat ta’lim muassasalari faoliyati to‘xtatildi.

Shu sababdan, inspeksiya O‘zbekistondagi barcha nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quvchi, talaba va o‘rganuvchilariga ta’til berishni tavsiya qildi.

Avvalroq, O‘zbekistondagi bog‘cha, maktab va Ooliy ta’lim muassasalari ikki hafta karantin uchun yopilgani haqida xabar bergan edik.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 15 mart kuni soat 06:00 da O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan fuqaro joriy yilning 11 mart kuni Fransiyaning Parij shahridan qaytgan. Virus bilan og‘rigan o‘zbekistonlik ayol oliy toifali shifokor bo‘lgan. Undan so‘ng yana uch kishida koronavirus aniqlandi.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 156 740 kishi koronavirusga chalingan, ularning 5839 nafari vafot etgan, 75 935 nafari kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing