Noyer uchun yil yakuniga yetdi

Sport

image

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer qovurg‘asi singanligi sababli jamoaning 2024 yilgi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub bosh murabbiyi Vensan Kompani ma’lum qildi.

“Noyer qovurg‘asini sindirdi. U bu yil boshqa maydonga tushmasa kerak. Umid qilamanki, Manu yanvarda maydonga qaytadi”, deydi Kompani.

Bugun, 10 dekabr kuni “Bavariya” Yevropa Chempionlar ligasining 6-turi doirasida “Shaxtyor”ga qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, dekabr oyida Myunxen klubi Germaniya chempionati doirasida “Mayns” va “Leypsig” bilan to‘qnash keladi.

Joriy mavsumda 38 yoshli Noyer “Bavariya”ning barcha turnirlar doirasidagi 19 ta o‘yinida qatnashib, o‘z darvozasidan 13 ta gol o‘tkazib yubordi va 12 ta bahsda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Bavariya Manuel' Noyer

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing