Noyer va Myuller Tuxelni “Bavariya”da qolishini istamoqda

Sport

image

“Bavariya”ning ba’zi futbolchilari hali ham bosh murabbiy Tomas Tuxel kelasi mavsumda jamoada qolishidan umidvor. Bu haqda futbol jurnalisti Kerri Gau o‘z X sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, bu futbolchilar orasida Manuel Noyer va Tomas Myuller ham bor. Ular klub rahbariyatini Tuxelni olib qolishga ko‘ndirmoqchi. Uning yordamchilari, xususan, ingliz mutaxasisi Entoni Barri futbolchilar orasida juda mashhur.

“Bavariya” Tuxel mavsum yakunida jamoani tark etishini allaqachon ma’lum qilgandi. Hozirda uning o‘rniga asosiy nomzod Xans-Diter Flik hisoblanadi, biroq klub ichida Flikning qaytishi to‘g‘ri qaror bo‘lishiga shubha bor. Shuningdek, rahbariyat tomonidan Roberto De Zerbi va Erik ten Xagning nomzodlari ham ko‘rib chiqilmoqda.

Ko‘plab murabbiylar bilan bir necha marta muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so‘ng, “Bavariya” Tuxelning qolish variantini ham o‘ylab ko‘radi.

Hozirgacha klub murabbiylik postini egallash taklifiga Ralf Rangnik, Xabi Alonso va Yulian Nagelsmann rad javobini berdi, “Kristal Pelas” esa Oliver Glasner uchun 100 million yevro talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Manuel' Noyer Tomas Myuller Tomas Tuxel'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing