Noyabrdan “gaz zapravka”larning ish tartibi o‘zgardimi? Vazirlik izoh berdi

Jamiyat

image

Energetika vazirligi 2020 yil 1 noyabrdan cheklovlar joriy etilishi rejalashtirilayogan avtomobillarga gaz quyish kompressor shoxobchalariga (AGTKSH) gaz yetkazib berish shartlari ko‘rib chiqilayotganligini ma’lum qildi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, 1 noyabrdan boshlab AGTKSHning ish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmagan.

Toshkent shahrida 54 ta gaz taqsimlash stansiyalarida yangi ish jadvali joriy etilishi va navbatma-navbat (birdaniga emas), har uch kunda bir marta soat 19:00 dan 7:00 ga qadar gaz ta’minotini to‘xtatib turish rejalashtirilgan edi. 

Ushbu choralar aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlashga qaratilgan. Bunga sabab iste’molning yuqori (pik) soatlarida yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi gaz iste’moli tufayli bosim kamayib ketadi.

“Hozirgi kunda ushbu cheklovchi choralarni qo‘llash mexanizmi qayta ko‘rib chiqilmoqda va qabul qilingan xulasalar haqida o‘z vaqtida ma’lumot beriladi”, deyilgan vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

AGTKSh

Baholaganlar

241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing