Norvegiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 24 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Norvegiya Qirolligining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Oslo shahrida) etib tayinlangan Jon Mikal Kvistadni qabul qildi.

Vazir ishonch yorliqlarini qabul qilar ekan, Elchini yuqori mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va faoliyatiga omad tiladi.

Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Norvegiya munosabatlarining bugungi holati va ularni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, shuningdek, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorligi muhokama qilingan.

Bo‘lajak tadbirlar, xususan, vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasini o‘tkazish jadvali ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim masalalar, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Norvegiya

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing