Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi
Olam
−
24 Oktabr
2900Norvegiyada yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi va 4 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nordlend provinsiyasi politsiyasi vakiliga ko‘ra, voqea joyida politsiya va favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Ma’lumotlariga ko‘ra, poyezdda 50 dan 70 tagacha odam bo‘lgan. Hodisa joyiga uchta vertolyot jo‘natilgan va yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan.
Politsiyaga ko‘ra, poyezd shimoliy Norvegiyadagi Berka va Mu-i-Rana shahri o‘rtasida mahalliy vaqt bilan taxminan soat 12:15 da relsdan chiqib ketgan. U Trondheimdan Bodoye shahriga qarab ketayotgan bo‘lgan. Umumiy 5 ta vagondan iborat poyezd yo‘lga tog‘ toshining qulashi oqibatida relsdan chiqib ketgan bo‘lishi mumkin. Chunki, uning birinchi vagonida bo‘lgan yo‘lovchilardan biri poyezdning toshga urilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindiston shimolida yo‘lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida ikki yo‘lovchi halok bo‘lgan va 20 kishi jarohatlangan edi.
LiveBarchasi