Norvegiya Ukrainaga gaz uchun $200 mln ajratdi

Jamiyat

image

Norvegiya Ukrainani tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun 2 milliard norveg kroni (200 million dollar) ajratdi. Bu haqda bugun, 29 avgust kuni Qirollik Bosh vaziri Yonas Gar Styore Norvegiyaning Stavanger shahrida bo‘lib o‘tgan energetika va texnologiyalar bo‘yicha ONS-2022 xalqaro konferensiyasida ma’lum qildi.

“Ukraina Norvegiyadan energiya manbalari ta’minotida yordam so‘radi. Biz Kiyev tomoniga kuz va qishda gaz sotib olish uchun 2 milliard kron moliyaviy yordamdan foydalanishni taklif qildik”, deydi siyosatchi. 

Unga ko‘ra, “gaz birinchi navbatda shifoxona va maktablarni isitish uchun ishlatiladi”.

Styore bu mablag‘lar Norvegiyaning Ukrainaga 10 milliard kron (1 milliard dollar) miqdorida ilgari e’lon qilingan yordam paketining bir qismi ekanligini tushuntirdi. Gaz to‘lovlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki orqali amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiya uglevodorod qazib olish hajmini Rossiya Yevropa Ittifoqining qator mamlakatlariga gaz yetkazib berishni to‘xtatgani sababli 10 foizga oshirgani xabar qilingandi. Qirollik Moliya vazirligi rahbari Tryugve Slagsvoll ham “neft va gaz hozirgacha Norvegiyaning Yevropadagi barqarorlikka qo‘shgan eng muhim hissasi” ekanligini ta’kidlagan. Norvegiya konlari Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada gaz iste’molining 20-25 foizini ta’minlaydi, ularning ulushi global energiya bozorida 3 foizni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz Norvegiya

Baholaganlar

102

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing