Norvegiya Ukrainaga gaubitsalar yetkazib berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Norvegiya Ukrainaga ehtiyot qismlar va o‘q-dorilar bilan birgalikda 22 ta o‘ziyurar gaubitsa topshirdi. Bu haqda Qirollik Mudofaa vazirligi xabar berdi.

“Norvegiya Ukrainaga 22 ta M109 artilleriya qurollarini zaxira qismlari hamda artilleriya o‘q-dorilari bilan topshirdi… Ukraina ushbu turdagi qurollar bilan qo‘llab-quvvatlashni so‘ragan”, deydi Mudofaa vaziri Byorn Arild Gram.

Qayd etilishicha, Norvegiya Qurolli Kuchlari zaxirasini bir muncha vaqt oldin Janubiy Koreyadan kelgan 109 mm kalibrli M22 yangi artilleriyasi bilan to‘ldirib, zaxiradagi eski 22 ta qurilmani Ukrainaga topshirgan.

Ukraina harbiylarini bu qurollardan foydalanishga o‘qitish Germaniyada Norvegiya tomoni ishtirokida amalga oshiriladi.

Oynisaxon Abdullayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

150

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing