Norvegiya Rossiya bilan urushga tayyor bo‘lishi kerak  – Mudofaa vaziri

Olam

image

Norvegiya Mudofaa vaziri Born Arild Gram mamlakatni Ukraina mojarosi yakunlanganidan keyin Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyor bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda "Iltalehti" gazetasi ma’lum qildi.

"Biz tushunishimiz kerakki, qanchalik xohlamaylik, Putin agressiyasi Ukrainadagi urush bilan tugamaydi. Norvegiya va mudofaa kuchlari ehtimoliy mojaroga tayyorlanishi kerak. Biz o‘z vaqtida ittifoqchilarimiz bilan birgalikda javob bera olishimiz shart”, degan u.

Gramning ta’kidlashicha, Rossiya Skandinaviya va Yevropa mamlakatlaridan Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirishi uchun o‘ziga xos tarzda o‘ch olmoqchi.

“Biz Finlyandiya va Shvetsiyaning ittifoqqa qo‘shilishiga javoban Rossiya o‘z kuchlarini safarbar qilishiga hozirlik ko‘rib qo‘yishimiz kerak”, deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Markaziy Osiyo migrantlarini urushga safarbar qilayotgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Mudofaa Norvegiya Arild Gram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing