Norvegiya 37 yashar o‘qituvchini Rossiya josusi sifatida hibsga oldi

Olam

image

Norvegiya politsiyasi Tromsyo universiteti xodimini Rossiya foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilib hibsga oldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi. 

Matbuotda Joze Asis Jiammariya nomi bilan tilga olingan 37 yoshli erkak Braziliya hujjatlari bilan Norvegiyada yashagan va Arktikani tadqiq qilish bilan shug‘ullangan. Biroq politsiya haqiqatda gumonlanuvchi Rossiya fuqaroligiga ega, deb hisoblaydi. Bundan esa uning hamkasblari hayratda. 

“Endi bu biz uchun oson emas. Bu ko‘pchilikni hayratda qoldirdi. Biz buni kutmagan edik, shuning uchun hozircha biz hamma narsani tushunishga harakat qilmoqdamiz”, deydi Mark Lanten, Tromsyo universiteti dotsenti. 

Qayd etilishicha, erkak sud qarori bilan to‘rt haftaga hibsda ushlanadi.  

“U uchun bu juda qiyin. U qattiq hayratda. U rus josusi emasligi aniq. Va u tuman sudining qarori ustidan shikoyat qilmaslikka qaror qilgan bo‘lsa-da, u ayblovni inkor etishini aytdi”, deydi himoyachi Tomas Xansen.

Gumonlanuvchi o‘tgan yilning kuzidan beri Norvegiyada ishlab kelgan. Mahalliy amaldorlar u Arktika mintaqasida mamlakatning mudofaa rejalari haqida biladigan professional hamjamiyat bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lganidan qo‘rqadi.

Sentyabr oyining oxirida u Vilnyusdagi seminarda qatnashgan, u yerda Yevropadan kelgan mutaxassislar gibrid tahdidlar va turli xil sabotajlar sodir bo‘lgan taqdirda voqealarni rivojlantirish ssenariylarini muhokama qilgan. 

“Shimoliy oqim”dagi portlashlardan so‘ng Norvegiya ayniqsa, sabotajdan qo‘rqadi. Yevropa Ittifoqi Rossiyaning energiya resurslarini sotib olishdan voz kechishga intilayotgani sababli, Oslo Yevropa uchun muhim neft va gaz yetkazib beruvchiga aylandi. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi bir oy ichida Norvegiyada o‘nga yaqin Rossiya fuqarosi hibsga olingan. Ularning aksariyati strategik ob’ektlar yaqinida dronlardan suratga olgan. Hibsga olinganlar orasida Rossiya temir yo‘llari sobiq rahbari Vladimir Yakuninning o‘g‘li ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Norvegiya

Baholaganlar

142

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing