Noroziliklar samara berdi. Qirg‘izistonda uran qazib olish taqiqlandi

Olam

image

Qirg‘iziston Parlamenti ekologik fojianing oldini olish maqsadida mamlakat hududida uran qazib olish va ishlov berishni taqiqlab qo‘ydi. Qarorni 90 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, qarshi chiquvchilar bo‘lmagan.

Parlament spikeri Dostonbek Jumabekov buni “siyosiy qaror”, deb atagan.

“Hurmatli deputatlar, parlament siyosiy qaror qabul qildi. Qirg‘izistonning barcha mintaqasida uran ishlab chiqarish va qayta ishlashga taqiq qo‘yiladi. Qarorning asosiy maqsadi aynan shu edi”, degan deputat.

Parlament deputatlari majlis vaqtida mamlakatda uran qidirish uchun 18 ta litsenziya berilganidan xabar topgan. Shundan beshta ruxsatnoma Issiq Ko‘l biosfera hududiga kiruvchi maydonlarga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi haftalarda qirg‘izistonliklar Jalolobod viloyatidagi Qizil-Ompol va Issiq Ko‘l viloyatidagi Tosh-Buloq konlarida uranni qayta ishlash hamda butun mamlakatda uran qazib olishni taqiqlashni talab qilib, qator mitinglar o‘tkazdi. Ommaviy norozilik namoyishlaridan keyin issiq Ko‘l konida ishlar to‘xtatildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston uran

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing