Norov AQSHga o‘zi bilan o‘tmishdoshlari Komilov va Safoyevni ham olib bordi
Jamiyat
−
13 dekabr 2022
9935Vashingtonda Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligida bo‘lib turgan O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida sobiq Tashqi ishlar vazirlari – O‘zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov va Senatning raisining birinchi o‘rinbosari Sodiqq Safoyev bor. Shuningdek, delagatsiyaga Adliya vaziri Akbar Toshqulov hamrohlik qilyapti.
Bugun, 13 dekabr kuni Vashington shahrida O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasidagi Strategik sheriklik muloqotining ikkinchi yig‘ilishi boshlandi.
Tomonlar delegatsiyalariga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov va AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha yordamchisi Donald Lu rahbarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sodiq Safoyev 1993 yilda va 2001-2003 yillarda Tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan. Abdulaziz Komilov esa ushbu idorani birinchi tayinlovda 1994 yildan 2003 yilgacha, ikkinchi tayinlovda 2012 yildan 2022 yilning martigacha boshqargan.
LiveBarchasi